Rasman: Gorecka va "Bavariya" shartnomani 2026 yilga qadar uzaytirishdi

Alisher
16 sen 2021
"Bavariya" yarim himoyachi Leon Gorecka bilan yangi shartnoma imzoladi.

Myunxenliklar 26 yoshli Germaniya terma jamoasi o'yinchisi bilan shartnomani 2026 yilning iyuniga qadar uzaytirishdi.

Oldingi bitim 2022 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan edi, shu sabab xavbekka "Real" va "Manchester Yunayted" klublari qiziqish bildirgandi.

Oldinroq xabar berilganidek, Gorecka yangi shartnomaga ko'ra "Bavariya"dan yiliga 12dan 15 mln evroga qadar maosh oladi.




AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FCBayern