Chempionlar ligasi. "Liverpul"dan super kambek, "Bavariya"da yana yirik hisob, "Atletiko" yutqazdi, biroq...

Aslanov Jasurbek
19 mar 2026
Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichi doirasidagi navbatdagi javob uchrashuvlari yakunlandi.

18-mart oqshomida bo'lib o'tgan o'yinlarda muxlislar sermahsul va qiziqarli futbolning guvohiga aylanishdi.

19 mar 2026, 01:00
Liverpool — Galatasaray
4 – 0
Tugadi

"Liverpul" 4:0 "Galatasaroy"

Dastlabki o'yin: 0:1

Gollar: Soboslai 25', Ekitike 51', Gravenberx 53', Salax 62'.

Turkiyadagi mag'lubiyatdan so'ng mersisaydliklar o'z maydonida ishonchli revansh olib, chorak final yo'llanmasini hal qilishdi.


19 mar 2026, 01:00
FC Bayern München — Atalanta
4 – 1
Tugadi

"Bavariya" 4:1 "Atalanta"

Dastlabki o'yin: 6:1

Gollar: Keyn 25', Keyn 54', Karl 56', Dias 70' - Samardjich 85'.

Myunxen klubi ikkala o'yinda ham yirik hisobda zafar quchib, o'zining turnirdagi yaqqol favoritlardan biri ekanligini yana bir bor isbotladi.



19 mar 2026, 01:00
Tottenham Hotspur — Atlético Madrid
3 – 2
Tugadi

"Tottenxem Xotspur" 3:2 "Atletiko M"

Dastlabki o'yin: 2:5

Gollar: Kolo Muani 30', Simons 52', Simons 90' - Alvares 47', Gansko 75'.

Garchand londonliklar o'z uyida irodali g'alabaga erishgan bo'lsa-da, dastlabki o'yindagi yirik mag'lubiyat sababli musobaqani tark etishga majbur bo'lishdi. Keyingi bosqichga "Atletiko" yo'l oldi.



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia