Rasman: Dilshod Jo'raev, Ixtiyor Toshpo'latov, Jasur Azimov "Xorazm" futbolchisi

Iskandarov Abdulaziz
5 fev 2025
"Xorazm" tarkibga yangi futbolchilarni jalb qilishda davom etmoqda.

Klub yana 3 nafar futbolchi bilan rasman shartnoma imzoladi. Bular Ixtiyor Toshpo'latov, Jasur Azimov, Dilshod Jo'raev. Ushbu futbolchilar yangi mavsum Superligada "Xorazm" sharafini himoya qiladi. Ixtiyor Toshpo'latov o'tgan mavsumni Bangladesh chempionatining "Rahmatganj" jamoasida o'tkazgan bo'lsa, Dilshod Jo'raev 2024 yilning ikkinchi davrasida "Lokomotiv"da, Jasur Azimov esa Pro ligada "Mashal" safida to'p tepdi. 



Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Хоразм" матбуот хизмати