

"Chelsi" klubi rasman Nikolas Jekson transferini e'lon qildi. 21 yoshli hujumchi bilan 2031 yilga qadar shartnoma imzolandi. "Chelsi" hujumchi uchun "Vilyarreal"ga 37 mln evro to'laydi. Bu Jeksonning "Vilyarreal"bilan shartnomasidagi tovon pulidan 2 mln evroga ko'proq.
Ma'lumot uchun, Nikolas Jekson o'tgan mavsum "Vilyarreal" safida 38 uchrashuvda 13 ta gol va beshta assist qayd etgan.
Foto: "Chelsi" klubi



