"Chelsi" Nikolas Jekson bilan 2031 yilga qadar shartnoma imzolaydi

Administrator
25 iyun 2023
"Vilyarreal" futbolchisi London klubi bilan naqd 8 yillik shartnoma imzolaydi.

"Chelsi" "Vilyarrel" hujumchisi Nikolas Jekson bilan kelishib olgani xabar qilingandi. Futbolchi va klub tez orada 2031 yilga qadar shartnoma imzolaydi. Bu haqida taniqli insayder Fabricio Romano xabar berdi. Tibbiy ko'rikning birinchi qismi o'tkazilgan. "Chelsi" Nikolas Jekson uchun "Vilyarreal"ga 37 mln evro to'laydi. 

21 yoshli hujumchi o'tgan mavsum barcha turnirlarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urgan va 5 ta golga assistentlik qilgan. Uning "sariq suvosti kemasi" bilan shartnomasi yana 3 yilga mo'ljallangandi.


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano