Rasman: "Chelsi" himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

Mirjalol Normatov
11 apr 2023
"Chelsi" himoyachisi Ben Chiluell klub bilan shartnomani uzaytirdi.

Angliya termasi futbolchisi London klubi bilan 2027 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Ben 2020 yildan buyon "Chelsi" tarkibida o'ynamoqda. Bunga qadar u "Lester" va "Xaddersfild" jamoalari tarkibida o'ynagan.

Ushbu mavsumda Chiluell APLda 19 o'yinda qatnashib, 2tadan gol va assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/chelseafc