Rakitich futbolchilik faoliyatini yakunladi

Sherzod Nurmatov
7 iyul 2025
"Xayduk" yarim himoyachisi Ivan Rakitich 37 yoshida butsalarini mixga ildi.

Bu haqda futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda ma'lum qildi.

Avvalroq bu haqda bosh murabbiy Gonsalo Garsiya ham xabar bergandi:

"Rakitich faoliyatini yakunlamoqda. U aqlli, yaxshi g'oyalari bor va futbolni tushunadi. Ammo hozir u qiyin kunlarni boshdan kechirmoqda. Butsalarini mixga ilish oson narsa emas", – degandi u.

Ma'lum bo'lishicha, "Barselona" va "Sevilya" sobiq xavbeki Xorvatiya klubining sport departamentida faoliyat yuritadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: instagram.com/ivanrakitic