

Bugun MOQ rahbari 48-sonli maktabgacha talim muassasasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etganligi haqida ham xabar qilgandik.
Ushbu tadbirdan so'ng Umid Ahmadjonov Xo'jayli tumanida joylashgan mehribonlik uyiga tashrif buyurdi. U erda ham bolalarni himoya qilish kuniga bag'ishlangan sport bayrami tashkil qilindi. Tadbir davomida O'zbekiston Olimpiya terma jamoalari futbolchilari ishtirokida master-klass uyushtirildi. Futbolimiz yulduzlari mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan do'stona futbol uchrashuvi o'tkazishdi.
Shundan so'ng MOQ rahbari va sportchilarimiz mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga O'zbekiston Respublikasi Prezidentining sovg'alari taqdim etishdi.
Tashrif davom etadi.
















