

"Takidlash joizki, bugungi kunda Pro ligada o'ynayotgan "Aral" futbol jamoasi oldida muhim o'yin kutmoqda. Yani, 16 dekabr kuni Superligada o'ynash yo'llanmasi uchun Buxoro viloyatining "Buxoro" jamoasi bilan o'yin o'tkaziladi.



Albatta, Pro liganing ushbu o'yinida futbol muxlislari jamoamizdan yuqori natijalar kutib qoladi.
Shuni ham alohida takidlash kerakki, "Aral" futbol jamoasi mazkur o'yinda g'alaba qozonsa, 24 yillik tanaffusdan so'ng uzoq kutilgan Superligada o'ynash imkoniyatini qo'lga kiritadi", – deyiladi "Aral" matbuot xizmati xabarida.
Eslatib o'tamiz, "Aral" hamda "Buxoro" o'rtasidagi o'tish bellashuvi ertaga Nukusdagi "Olimpiya" stadionida 14:00 da boshlanadi.



