Qiz farzandi dunyoga kelgani sabab o'yinning 1-bo'limini o'tkazib yuborgan va 2-bo'limga yetib borib xet-trik qayd etgan futbolchi haqida bilarmidingiz?!

Tolibjon Qosimov
27 dek 2024
Ha, aynan shunday.

2013 yil "Red Bull Zalcburg" to'purari Jonatan Soriano uchun esda qolarli bo'lgan.

Gap shundaki, navbatdagi shanbada "Red Bull"ning "Volfsberger" jamoasiga qarshi o'yini bor edi. Shu kuni jamoa hujumchisi Jonatan Sorianoning ayoli Kristina Sabater uchinchi farzandni dunyoga keltirdi. Yangi tug'ilgan qizaloqqa keyinchalik Abril deya ism qo'yishgan.

Jonatan esa qizalog'ining tug'ilishi sabab "Volfsberger"ga qarshi bellashuvning 1-bo'limiga ulgurmaydi. Ammo, u 2-bo'limga yetib boradi va zaxiradan maydonga tushadi. Birinchi bo'limdan keyin uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etilayotgan edi. Quvonchi ichiga sig'mayotgan ota esa zaxiradan tushib raqib darvozasini 3 bor aniq nishonga oladi va jamoasi 6:2 hisobida g'alaba qozonadi.

Keyinchalik u shunday degan: "Bu men uchun unutilmas kun. Maydonga tushib futbol o'ynash imkoni va uchta gol... Buni yaqin orada unutmasam kerak".


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: nesn.com