Qirg'iziston darvozaboni: "Hali imkoniyatlarimiz etarli, O'zbekiston esa turnir favoriti"

10 fev 2016, 18:52
Qirg'iziston futzal terma jamoasi darvozaboni Kirill Ermolov Livanga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"2:0 ga yutib turgandik. Keyin nimadir bo'ldi. Ikkinchi bo'limda o'yin o'zgarib ketdi va raqib oldinga o'tib oldi. Keraksiz joyda xatolar qildik. Umuman olganda esa o'yin teng bo'ldi", deya so'z boshladi Kirill Ermolov.

-Qirg'iziston ushbu o'yinda ikki ochko yo'qotdimi yoki bir ochko ishlab oldimi?


-Shahsan mening fikrimcha, bir ochko ishladik deb o'ylayman. Garchi, birinchi bo'limda to'liq ustunlik qilgan bo'lsakda.

-Qirg'iziston terma jamoasining imkoniyatlari...

-Hali imkoniyatlarimiz etarli deb o'ylayman. Bugungi xatolardan xulosa chiqargan holda keyingi ikkita o'yinda g'alaba qozonishga harakat qilamiz.

-Sizning fikringizcha guruh favoriti...

-Shubhasiz, mezbon terma jamoa O'zbekiston. Umuman, terma jamoaning chempionlik uchun ham imkoniyatlari etarli. Terma jamoangizning o'yinlarini o'tgan yildan beri kuzatamiz. Katta ishlar qilindi bu borada. O'zbekiston kamida yarim finalda o'ynaydi.

-Tashkiliy ishlar borasida qanday fikrdasiz?

-Mamlakat uchinchi marta ushbu turnirga mezbonlik qilmoqda. Barchasi a'lo darajada. 10 ballik sistemada 10+ qo'ygan bo'lardim.


Aziz To'xtamurodov


Manba: championat.asia