Pyanich "Barselona"ga o'tishdan oldin Morataga yaxshilab o'ylab olishni maslahat beradi

Alisher
5 yanv 2022, 18:47
"Beshiktosh"da ijara asosida o'ynayotgan "Barselona" yarim himoyachisi Miralem Pyanich hujumchi Alvaro Morataning Kataloniya klubiga ehtimoliy transferi haqida gapirdi.

"Alvaroda ajoyib karera bor, u bir necha Yevropa grandlari tarkibida to'p tepgan.

Futbolchiga motivaciya doim kerak, ammo men jamoani o'zgartirishdan oldin o'ylab olgan bo'lardim. Menga ma'lum bo'lishicha, Morata Turinda barchasidan rozi.

Shu sabab u hatto "Barselona"ga o'tishga yaqin bo'lsa ham, barchasini yaxshi o'ylab olishi kerak", - deydi bosniyalik.


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport