PSJdan APLga chaqiriq: "Aston Villa" yulduzi uchun haqiqiy kurash boshlandi

Sherzod Nurmatov
13 apr 2026, 12:40
PSJ Premer-liganing yetakchi jamoalarida jiddiy qiziqish uyg'otayotgan "Aston Villa" yarim himoyachisi Morgan Rodjers uchun kurashish niyatida.

"The Telegraph" nashrining xabar berishicha, parijliklar 23 yoshli yarim himoyachini tarkibni kuchaytirish uchun ustuvor maqsad sifatida ko'rmoqda.

Avvalroq "Arsenal", "Chelsi" va MYU da'vogarlar qatorida tilga olingandi, bu esa yakuniy transfer narxiga sezilarli ta’sir ko'rsatadi. "Aston Villa" transfer uchun 90 million evrodan kam olmoqchi emas, ammo shiddatli raqobat summani 100 million evroga olib keladi va bonuslarni qo'shib hisoblaganda hatto 120 million evroga yaqinlashtiradi.

"Midlsbro" tushumning bir qismini oladi. Avvalgi shartnoma shartlariga ko'ra, Birmingem klubi futbolchining qayta sotilishidan tushgan foydaning 20 foizini to'lashi shart. Rojers "Aston Villa"ga 17,5 million evroga o'tgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Telegraph