PSJ Umtitining sog'lig'i sababli uni sotib olishdan bosh tortdi

Sherzod Nurmatov
17 sen 2020, 00:29
"Barselona" himoyachisi Samuel Umtiti PSJga o'tmaydi.

AS xabariga ko'ra, parijliklar 26 yoshli francuz transferi ustida bosh qotirgan, ammo ular Umtitining chap tizzasidagi surunkali muammolar va o'yinchining xatti-harakatlari tufayli kataloniyaliklar bilan muzokaralarga kirishishni istashmagan.

Umtitining o'zi ham ushbu transfer oynasida "Barselona"dan ketmoqchi emas. U o'tgan mavsumda La Ligada 13 ta o'yinda maydonga tushdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AS