

Avvalroq kataloniyaliklar hujumchiga qiziqish bildirayotgani haqida bir necha bor xabar berilgan edi.
Manbalar "Barselona" Alvaresni "Atletiko"dan sotib olishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi. Shuningdek, argentinalik hujumchini Ferran Torresga almashtirish mumkinligi qayd etilgandi.
Alvares 2024 yildan beri "Atletiko" safida o'ynamoqda. Futbolchi joriy mavsum klub safida 47 ta o'yin o'tkazib, 19 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.



