PSJ "Tottenxem" o'yinchisini ijaraga olishga yaqin

Alisher
28 yanv 2022
Londonning "Tottenxem" klubi yarim himoyachi Tangi Ndombeleni ijaraga berib yuborishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, Parij top-klubi o'yinchini 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga qadar ijaraga olmoqchi. Shu bilan birga Angliya klubi PSJ futbolchining maoshini to'lashini xohlamoqda.

Muzokaralar rivojlangan bosqichda. Tez orada bitim borasida rasmiy ma'lumot beriladi.

Ndombele joriy mavsum APL doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano