PSJ Serjiu Konseysau bilan muzokara olib bormoqda

Alisher
14 may 2022
PSJ kelasi mavsum uchun "Portu" bosh murabbiyi Serjiu Konseysau nomzodini Maurisio Pochettinoning o'rniga ko'rib chiqmoqda.

PSJ sport direktori yaqinda Konseysau bilan ehtimoliy hamkorlik maqsadlarini muhokama qildi va portugaliyalik Parij klubidagi ishga qiziqishini ma'lum qildi.

Konseysauning "Portu" bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. U 10 million evro miqdoridagi tovon puli to'lansa, bitimni bekor qilishi mumkin.

Jamoa uning qo'l ostida besh yilning ichida uch bor Portugaliya chempioniga aylandi.


AlisherMuallif
Manba: Foot Mercato