"Milan"dagilar bosh murabbiy va Feliks borasida bir qarorga keldi

Mirjalol Normatov
15 may 2025
Serjiu Konseysau avvaldan reja qilinganidek, "Milan" bosh murabbiyligida qoladi.

Bunga jamoaning Italiya Kubogi finalida "Bolonya"dan uchralgan mag'lubiyati ham sabab bo'la olmaydi.

Shuningdek, klubdagilar Joau Feliksning transfer huquqini to'laqonli sotib olmaydigan bo'ldi. Portugaliyalik xavbek 3 fevral kunidan buyon "Chelsi"dan ijara asosida "Milan"da o'ynayotgandi.

50 yoshli Serjiu Konseysau o'tgan yilning dekabrida "Milan" bosh murabbiyligini qo'liga olgandi. Ayni damda jamoa A Seriya turnir jadvalida 8-o'rinni egallab turibdi. 25 yoshli Feliks "Milan" tarkibida 19 o'yinda qatnashib, 1tadan gol va assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/FabrizioRomano