Rasman: Konseysau "Al Ittihod"ga bosh murabbiy etib tayinlandi. Klub qishda "Nasaf"ga qarshi maydonga tushadi

Administrator
8 okt 2025
Serjiu Konseysau Saudiya Arabistonida ish topdi

"Milan" va "Portu" jamoalarining sobiq bosh murabbiyi "Al-Ittihod"ga ishga joylashdi. Jidda  klubi sentyabr oyining oxirida Loran Blanni lavozimidan ozod etgan edi.

Jamoa chempionatning to'rt turida 9 ochko to'plab, uchinchi o'rinni egallab turibdi. Osiyo Chempionlar Ligasida esa ikki o'yinda ikki marta mag'lubiyatga uchradi.

Eslatib o'tamiz, Konseysau o'tgan mavsumda "Milan"da yarim yil ishlagan edi. O'shanda jamoa A Seriyasida 9-o'rinni egallagan, Italiya Superkubogini qo'lga kiritgan va Italiya Kubogi finalida "Bolonya"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'lgan edi.


AdministratorMuallif
Manba: https://x.com/ittihad_en