PSJ Luis Enrike bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirdi

5 sen 2026, 10:50
PSJ X ijtimoiy tarmog'idagi sahifasida bosh murabbiy Luis Enrike bilan shartnoma 2030 yilgacha uzaytirilganini e'lon qildi.

Ispaniyalik mutaxassis 2023 yilning yozidan beri Parij jamoasini boshqarib kelmoqda. Ushbu davr mobaynida Enrike qo'l ostida PSJ ikki marta Chempionlar ligasi (2024/2025 va 2025/2026 yilgi mavsumlar) va UEFA Superkubogini qo'lga kiritdi, uch marta Fransiya chempioni (2023/2024, 2024/2025, 2025/2026) va mamlakat Superkubogi sohibi bo'ldi. Shuningdek, PSJ ikki marta Fransiya kubogida (2023/2024, 2024/2025) zafar kuchdi.

Enrikening PSJ bilan avvalgi mehnat shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo'ljallangan edi.

O'xshash yangiliklar