PSJ - "Istanbul" uchrashuvida ishlagan hakam mavsum oxiriga qadar chetlatildi

Mirjalol Normatov
8 mar 2021, 23:15
UEFA rasmiy saytida YCHL guruh bosqichi doirasida PSJ va "Istanbul" jamoalari o'rtasida o'tkazilgan bahs borasida bayonot e'lon qilindi.

Eslatib o'tamiz, uchrashuvda ishlagan referi Sebastyan Kolcesku turk klubi murabbiyi Per Veboni "qora" deganlikda ayblangandi. Shu boisdan uchrashuv vaqtincha to'xtatilgan va ertasi kuni davom ettirilgandi.

Tergov natijalariga ko'ra, hakam ushbu mavsum yakuniga qadar har qanday futbol faoliyatidan chetlatilgan. Uning yordamchisi Oktavian Shovre bilan kelishuv yozdirib olingan.

UEFA bayonotida yozilishicha, uchrashuv hakamlar o'ta qo'pol mas'uliyatsizlikka yo'l qo'yishgan va UEFA tartib-intizom qo'mitasi tomonidan tuzilgan qoidalarni buzishgan.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal