PSJ darvozabonini sotishga tayyor

Sherzod Nurmatov
12 may 2026, 13:05
PSJ yozgi transfer oynasida darvozabon Lyuka Shevale bilan xayrlashadi.

Bu haqda "L'Equipe" xabar berdi.

Francuz futbolchisi 2025 yilning yozida "Lill"dan 55 million evroga xarid qilingan. Shevale PSJ safida barcha musobaqalarda 26 o'yinda maydonga tushib, 28 ta gol o'tkazib yuborgan va 10 ta bahsni "quruq" o'tkazgan. U 2024 yildan beri parijliklar safida to'p tepayotgan rossiyalik Matvey Safonovga asosiy tarkibdagi o'rnini boy berdi.

1.jpg

Manbaning xabar berishicha, PSJ yaxshi taklif kelib tushsa, takliflarni ko'rib chiqadi. Darvozabonning o'zi ham zaxira o'rindig'ida o'tirishni istamaydi va jamoani tark etishga majbur bo'ladi.

24 yoshli Shevalening klub bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt uni 30 million evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe