PSJ "Bornmut"ga 55 mln taklif qildi va rad javobini oldi

Mirjalol Normatov
20 iyun 2025
PSJ "Bornmut"ga Ilya Zabarniy borasida ikkinchi taklifini jo'natdi.

"Sky Sports" ma'lumotlariga ko'ra, Parij klubi "Bornmut"ga 22 yoshli futbolchi borasida 55 million evro taklif qilgan.

Biroq ingliz klubi taklifga rad javobini bergan va futbolchisini 70 mln evrodan kamiga sotmasligini ma'lum qilgan.

Himoyachi ushbu mavsumda APLning 36 o'yinida qatnashdi va 1 golga assist bo'ldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports