PRO-Liga, “A” guruhi. 6-tur. Eng tezkor gol va boshqalar haqida

Narzulla Saydullayev
5 may 2018, 19:11
Poyoniga etgan PRO-Liganing 6-turi yakuni bo'yicha e'tiborga molik jihatlarga to'xtalib o'tamiz. Futbolda o'ziga yarasha joziba bag'ishlaydigan gollar e'tibor qaratamiz.

6-turda jami 13ta gol qayd etildi. Shundan 6tasini mezbon jamoalar kiritgan bo'lsa, qolgan 7ta to'p mehmonlar foydasiga yozildi.

Uchrashuvlarning birinchi taymida muxlislar 8ta golga guvoh bo'ldi. Ikkinchi bo'limda esa yana 5ta to'p kiritildi.

Turning eng tezkor goli 4-daqiqada sodir bo'ldi. “Xorazm”ning to'purar hujumchisi Qadamboy Nurmetov “Mashal”ga qarshi uchrashuvda birinchi bo'lib hisobni ochdi. E'tiborlisi 22 yoshli hujumchi ushbu goli bilan to'purarlar ro'yxatida peshqadamlik qilmoqda.

Aksincha turning eng so'nggi goli 84-daqiqada kiritildi. “Surxon” a'zosi Sardor Eminov zaxiradan maydonga tushib, “Dinamo” darvozasiga g'alaba keltiruvchi golni urdi.

Qizig'i, ushbu turda jamoalar 2tadan ko'p gol ura olishmadi. Shuningdek hech bir jamoa o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qola olmadi. Bundan tashqari 3ta o'yinda bir xil hisob – 2:1 natijasi kuzatildi.
Hakamlar 4ta o'yinda jami 6ta (!) penalti belgiladi. Suhrob Ne'matov (“Surxon”), Otabek Narzullaev (“Sho'rtan”), Navro'z Haipov (“Orol”) 11 metrlik nuqtadan aniq foydalangan bo'lsa, Shahzod Ubaydullaev (“Mashal”), Mo'ydin Mamazulumov (“Dinamo”) va Eldor Boymatov (“Andijon”) penaltidan unumli foydalana olmadi.
 Ushbu turda dublga erishgan va avtogol mualliflari kuzatilmadi.

6-turda kimlar gol urdi?
1. Qadamboy Nurmetov – “Xorazm”.
2. Muhammadqodir Rahimberganov – “Xorazm”.
3. Sardor Abduraimov – “Mashal”.
4. Shoxjahon Qilichev – “Mashal”.
5. Otabek Narzullaev – “Sho'rtan”.
6. Bahodir Murtazoev – “Norin”.
7. Sanjar Baratov – “Norin”.
8. Navro'z Haipov – “Orol”.
9. Davron Isoqov – “Andijon”.
10. Sunnatillo Mamadaliev – “Andijon”.
11. Suhrob Ne'matov – “Surxon”.
12. Sardor Eminov – “Surxon”.
13. Hakimxon Alamxonov – “Dinamo”.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia