

E'tiborlisi, "Bryugge" ikki marta zarba berdi (Xans Vaneken va Noa Lang) – Koshta birinchi zarbani qaytardi, biroq hakam qaytadan tepishni aytdi. Keyingi zarba ham Diogu tomonidan bartaraf qilindi. "Portu" darvozaboni uchun bu penalti Chempionlar Ligasi guruh bosqichida qaytarilgan uchinchi standart bo'ldi. Avvalroq u "Bayer" bilan 2 ta o'yinda 11 metrlikni bartaraf qilgan edi.
Shu tariqa, Diogu Koshta bir mavsum natijasiga ko'ra ushbu ko'rsatkich bo'yicha turnir rekordchisiga aylandi. Hisob-kitoblar 2003/2004 yilgi mavsumdan boshlab olib borilmoqda.



