

Angliya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Jeymi Rednapp "The Overlap Daily" podkastida argentinalik mutaxassis "Sautgempton" va "Tottenxem"da ishlagan davriga nisbatan ancha yumshoq bo'lib qolganini aytgan edi.
"Pochettinoni "Sautgempton" va "Tottenxem"da ko'rganimda, unda argentinalik jangchi xarakter bordek tuyulardi. Hozir esa qarasam, hamma bilan kulib gaplashadi, bilaguzuklar taqib yuradi. Hatto soch turmagi ham o'zgargan. Menimcha, u juda muloyim bo'lib qoldi", - degan Rednapp.
Pochettino bu fikrga munosabat bildirib, xushmuomalalik va futbolchilar bilan yaxshi munosabat o'rnatish o'rtasidagi farqni ta'kidladi.
"Bazan biz ikki so'zni - "muloyim" va "yaxshi"ni adashtirib yuboramiz. Men muloyim emasman. Yaxshi inson bo'lishga harakat qilaman. Keling, bu ikkisini adashtirmaylik.
Biz futbolchilardan ko'proq talab qilishimiz kerakligini, qattiqqo'l bo'lishimiz lozimligini yaxshi bilamiz. Bu mutlaqo boshqa narsalar", - deb javob berdi Pochettino.



