“Tottenxem” sobiq bosh murabbiyi: “Bizda Azarni sotib olish imkoniyati bor edi”

Xarri Rednapp 2012 yilda Eden Azar “Lill”dan “Chelsi”ga emas, “shporlar” safiga o'tishi mumkin bo'lgan vaziyatni esga oldi.

“Bizda Azarni sotib olish imkoniyati bor edi. Men Eden bilan bog'langanimda, u faqat bitta shart bilan bizda o'ynashga tayyorligini aytgandi. Shartga ko'ra, “Tottenxem” YCHLga chiqishi lozim edi. O'sha mavsumda biz APLda 4-o'rinni oldik, “Chelsi” esa mavsumni 6-o'rinda yakunladi. Biroq londonliklar YCHLda g'olib chiqdi va musobaqaning keyingi mavsum uchun yo'llanmasini ham o'ziniki qildi. Azar ham “Chelsi”ga o'tdi”, - deya esga oldin Rednapp.


Manba: Sky Sports