Pirlo "Sampdoriya"dagi asosiy maqsadini aytdi

Mirjalol Normatov
11 iyul 2023
"Sampdoriya" bosh murabbiyi Andrea Pirlo klubdagi maqsadi haqida gapirdi.

"Menga shunday vazifani ishonib topshirishganidan xursandman. Barchasini oppoq varoqdan boshlashni va jamoani A Seriyaga qaytarishni istayman. Shu sababli klubning barcha muxlislaridan bizni qo'llab turishlarini so'rayman. Barcha ishonchingizni to'laqonli oqlashga harakat qilamiz", - dedi mutaxassis "Sport Press" nashriga.

"Sampdoriya" navbatdagi mavsumni B Seriyada o'tkazadi. 


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sport Press