PFL Tartib-intizom qo'mitasi qarorlarini e'lon qildi

3 may 2026, 08:32
Joriy yilning 24-aprel sanasida Liga qoshidagi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Unda mazkur sanagacha bo'lgan vaqt oralig'ida O'zbekiston Superligasi, U21 chempionati, Pro liga hamda Birinchi liga uchrashuvlarida ishtirokchilar tomonidan yo'l qo'yilgan qoidabuzarliklar yuzasidan qaror chiqarildi.

Superliga

Nasaf - Buxoro

Superliga 7-turi doirasidagi “Nasaf” – “Buxoro” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 78-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Umarbek Eshmurodov hakamni nomaqbul so'zlar bilan haqorat qilgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Nasaf” futbol klubi futbolchisi Umarbek Eshmurodovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.

Superliganing 7-turi doirasidagi “Nasaf” – “Buxoro” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+7-daqiqasida “Nasaf” futbol klubi futbolchisi G'olib G'aybullaev o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Nasaf” futbol klubi futbolchisi G'olib G'aybullaevga nisbatan 2.000.000 (ikki million) so'm miqdorida jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Surxon – Qizilqum

Superliga 8-turi doirasidagi “Surxon” – “Qizilqum uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuv davomida “Surxon” futbol klubi futbolchilari va rasmiy shaxslaridan olti nafariga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi. Mazkur holat “Surxon” futbol klubi vakillarining jamoaviy nomaqul hulq-atvori sifatida qayd etildi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 66-moddasiga asosan “Surxon” futbol klubiga nisbatan jarima intizomiy chorasi qo'llanilsin.

Superliga 8-turi doirasidagi “Surxon” – “Qizilqum” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvdan so'ng “Surxon” stadionining CIP sektoridagi muxlislar mehmon jamoa zaxira o'rindig'iga qarata turli buyumlar, xususan, elim idishlar uloqtirilgani, otilgan predmetlar maydon va maydon atrofidagi shaxslarga tegkani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 79-moddasiga asosan “Surxon” futbol klubiga jarima hamda “Surxon” futbol klubining kelgusi bitta uy uchrashuvida stadionning CIP1, CIP2 va CIP3 sektorlariga tomoshabinlarning kirishiga taqiq qo'yish intizomiy jazo choralari qo'llansin.

Superliga 8-turi doirasidagi “Surxon” – “Qizilqum” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Bobomurod Bozorov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Bobomurod Bozorovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Buxoro – Paxtakor

Superliga 9-turi doirasidagi “Buxoro” – “Paxtakor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+5-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Shoxboz Jo'rabekov muxlislar tomonidan otilgan jismni qaytarib “Paxtakor” muxlislariga uloqtirgani, ushbu holat muxlislarni noroziligiga sabab bo'lgani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Shoxboz Jo'rabekovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.

Superliga 9-turi doirasidagi Buxoro” – “Paxtakor” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 80-daqiqasidan boshlab Buxoro stadionining sektorlariidagi muxlislar maydonga qarata turli buyumlar, xususan, elim idishlar uloqtirgani, otilgan predmetlar maydon va maydon atrofidagi shaxslarga tegkani, shuningdek uchrashuvning 90+5-daqiqasiga kelib “Buxoro” klubi futbolchisi Shoxboz Jo'rabekov yon chiziqdan to'pni maydonga kiritayotgan paytda muxlislar tomonidan uloqtirilgan jismlardan birini olib, ushbu muxlislarga qarata otgani kabi holatlar aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 68 va 79-moddalariga asosan “Buxoro” futbol klubiga jarima hamda “Buxoro” futbol klubining kelgusi bitta uy uchrashuvida stadionning A4 va A5 sektorlariga tomoshabinlarning kirishiga taqiq qo'yish intizomiy jazo choralari qo'llansin.

Superliga 9-turi doirasidagi “Buxoro” – “Paxtakor” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+5-daqiqasiga kelib “Buxoro” klubi futbolchisi Shoxboz Jo'rabekov yon chiziqdan to'pni maydonga kiritayotgan paytda “Paxtakor” futbol klubi muxlislari tomonidan futbolchiga qarata turli jismlar uloqtirilgani, shuningdek uchrashuv yakunlanganidan so'ng uchrashuv komissari ogohlantirishiga qaramasdan, “Paxtakor” futbol klubi futbolchilari Superliga Reglamentining 17.7-bandini buzib, maxsus mikst-zonadan harakatlanmasdan stadionni tark etishgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 74 va 79-moddalariga asosan “Paxtakor” futbol klubiga jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Superliga 9-turi doirasidagi “Buxoro” – “Paxtakor” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 20-daqiqasida “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Sanjar Quvvatov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Paxtakor” futbol klubi futbolchisi Sanjar Quvvatovga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo'llansin.

Dinamo – Lokomotiv

Superliga 7-turi doirasidagi “Dinamo” – “Lokomotiv” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvdan so'ng Dinamo stadionining VIP sektoridagi muxlislar maydonni tark etayotgan hakamlar guruhiga qarata turli buyumlar, xususan, elim idishlar va suv baklajkalarini uloqtirgani, ushbu buyumlar hakamlarga tegkani, huddi shunday holat 2026-yilning 23-aprel kuni Superliganing 9-turi doirasidagi “Dinamo” – OKMK uchrashuvida ham VIP sektoridagi muxlislar maydonni tark etayotgan hakamlar guruhiga qarata turli buyumlar, xususan, elim idishlar va suv baklajkalari takroran uloqtirilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 79-moddasiga asosan “Dinamo” futbol klubiga jarima hamda “Dinamo” futbol klubining kelgusi ikkita uy uchrashuvida stadionning CIP1, CIP2 va CIP3 sektorlariga tomoshabinlarning kirishiga taqiq qo'yish intizomiy jazo choralari qo'llansin.

Superliga 7-turi doirasidagi “Dinamo” – “Lokomotiv” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+4-daqiqasida “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Firdavs Abduraxmonov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Firdavs Abduraxmonovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Superliga 7-turi doirasidagi “Dinamo” – “Lokomotiv” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 25-daqiqasida “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Suxrob Nurulloev hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Suxrob Nurulloevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Superliganing 7-turi doirasidagi “Dinamo” – “Lokomotiv” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 76-daqiqasida “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Bilol Tupliev o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Bilol Tuplievga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo'llansin.

Andijon - OKMK

Superliga 7-turi doirasidagi “Andijon” – OKMK uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 77-daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi Aleksandre Androkinashvili hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Andijon” futbol klubi futbolchisi Aleksandre Androkinashviliga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Superliga 7-turi doirasidagi “Andijon” – OKMK uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+1-daqiqasida OKMK futbol klubi futbolchisi Javohir Ilyosov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan OKMK futbol klubi futbolchisi Javohir Ilyosovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Bunyodkor - Neftchi

Superliga 7-turi doirasidagi “Bunyodkor” – “Neftchi” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+3-daqiqasida “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Farrux Sayfiev hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Neftchi” futbol klubi futbolchisi Farrux Sayfievga nisbatan jarima intizomiy jazosi qo'llansin.

Lokomotiv - Navbahor

Superliga 8-turi doirasidagi “Lokomotiv” – “Navbahor lochinlari” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 80-daqiqasida “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchisi O'tkir Yusupov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Navbahor lochinlari” futbol klubi futbolchisi O'tkir Yusupovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

OKMK – Buxoro

Superliga 8-turi doirasidagi OKMK – “Buxoro” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 26-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Umidjon Xamroev hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Buxoro” futbol klubi futbolchisi Umidjon Xamroevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Surxon – Mashal

Superliga 9-turi doirasidagi “Surxon” – “Mashal” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 88-daqiqasida “Surxon” futbol klubi futbolchisi Kamronbek Yusupov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Surxon” futbol klubi futbolchisi Kamronbek Yusupovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Navbahor – So'g'diyona

Superliga 8-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” – “So'g'diyona” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 85-daqiqasida “So'g'diyona” futbol klubi futbolchisi Javohir Qaxramonov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “So'g'diyona” futbol klubi futbolchisi Javohir Qaxramonovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Superliga 8-turi doirasidagi “Navbahor lochinlari” – “So'g'diyona” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 87-daqiqasida “So'g'diyona” futbol klubi futbolchisi Lupcho Doriev hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “So'g'diyona” futbol klubi futbolchisi Lupcho Dorievga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Dinamo - OKMK

Superliga chempionatining 8-turi doirasidagi “Dinamo” – OKMK uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 80-daqiqasida “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Firdavs Abduraxmonov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Firdavs Abduraxmonovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Pro liga

Lochin – Paxtakor FJ

Proliga 2-turi doirasidagi “Lochin” – “Paxtakor FJ” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 46-daqiqasida “Lochin” futbol klubi futbolchisi Asadbek Samariddinov to'p uchun kurashda raqib futbolchisining yuziga tirsagi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Lochin” futbol klubi futbolchisi Asadbek Samariddinovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizomiy chorasi qo'llanilsin.

Sho'rtan – FarDU

Proliga 3-turi doirasidagi “Sho'rtan” – “Farg'ona DU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+6-daqiqasida “Farg'ona DU” futbol klubi futbolchisi Doniyor Erkinov golni nishonlash vaqtida namoyishkorona tarzda haqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Farg'ona DU” futbol klubi futbolchisi Doniyor Erkinovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.

Proliga 3-turi doirasidagi “Sho'rtan” – “Farg'ona DU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 49-daqiqasida “Sho'rtan” futbol klubi futbolchisi Abrorbek Toshqo'ziev o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Sho'rtan” futbol klubi futbolchisi Abrorbek Toshqo'zievga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Metallurg – BuxDU

Proliga 4-turi doirasidagi “Metallurg” – “Buxoro DU” uchrashuvi komissaridan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuv yakunlanishi bilan maydonga ko'plab “Metallurg” klubi muxlislarining kirgani va tartibsizliklar keltirib chiqargani holatlari aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 56-moddasiga asosan“Metallurg” futbol klubiga jarima intizomiy jazosi qo'llansin.

Sho'rtan – Olimpik Mobiuz

Proliga 1-turi doirasidagi “Sho'rtan” – “Olympic Mobiuz” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90+2-daqiqasida “Sho'rtan” futbol klubi futbolchisi Levan Barabadze o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Sho'rtan” futbol klubi futbolchisi Levan Barabadzega nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

G'azalkent - BuxDU

Proliga 1-turi doirasidagi “G'azalkent” – “Buxoro DU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 62-daqiqasida “BuxDU” futbol klubi futbolchisi Islom Boysariev hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Buxoro DU” futbol klubi futbolchisi Islom Boysarievga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Proliga 1-turi doirasidagi “G'azalkent” – “Buxoro DU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 88-daqiqasida “BuxDU” futbol klubi futbolchisi Behruz Shodmonov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Buxoro DU” futbol klubi futbolchisi Behruz Shodmonovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Proliga 1-turi doirasidagi “G'azalkent” – “Buxoro DU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvdan so'ng “BuxDU” futbol klubi murabbiyi Shuxrat Radjabov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Buxoro DU” futbol klubi murabbiyi Shuxrat Radjabovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Metallurg – TerDU

Proliga 3-turi doirasidagi “Metallurg” – “TerDU” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 16-daqiqasida “TerDU” futbol klubi murabbiyi Eldor Boymatov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “TerDU” futbol klubi murabbiyi Eldor Boymatovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

TerDU – Paxtakor FJ

Proliga 4-turi doirasidagi “TerDU” – “Paxtakor FJ” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 54-daqiqasida “Paxtakor FJ” futbol klubi futbolchisi Asadbek Shuhratov o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Paxtakor FJ” futbol klubi futbolchisi Asadbek Shuhratovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Yaypan – Jayxun

Proliga 4-turi doirasidagi “Yaypan” – “Jayxun” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 39-daqiqasida “Jayxun” futbol klubi futbolchisi Agabek Ibraimov hakamning qaroriga etirozi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Jayxun” futbol klubi futbolchisi Agabek Ibraimovga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Kattaqo'rg'on – Aral

Proliga chempionatining 4-turi doirasidagi “Kattaqo'rg'on” – “Aral” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 74-daqiqasida “Aral” futbol klubi futbolchisi Zulpuqar Kuanishbaev o'yin vaqtini sun'iy ravishda cho'zganligi uchun unga sariq kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 64-moddasiga asosan “Aral” futbol klubi futbolchisi Zulpuqar Kuanishbaevga nisbatan jarima intizomiy jazo chorasi qo'llansin.

Birinchi liga

Aral-Akademiya FA – Azur

Birinchi liga 1-turi doirasidagi “Aral-Akademiya FA” – “Azur” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 84-daqiqasida “Azur” futbol klubi darvozaboni Jasurbek Rajabov “Aral-akademiya FA” jamoasi futbolchilarini nomaqbul so'zlar ishlatib haqorat qilgani va “Aral-akademiya FA” futbol klubi murabbiyi Naurizbek Alimov ham unga javoban Jasurbek Rajabovni nomaqbul so'zlar ishlatib haqorat qilgani uchun qizil kartochkalar ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Azur” futbol klubi futbolchisi Jasurbek Rajabovga nisbatan 4 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy choralari qo'llanilsin.

O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Aral-akademiya FA” futbol klubi murabbiyi Naurizbek Alimovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizomiy chorasi qo'llanilsin.

Guliston – Ahmedov FK

Birinchi liga 2-turi doirasidagi “Guliston” – “Ahmedov FK” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 87-daqiqasida “Guliston” futbol klubi futbolchisi Ozodbek Rajabov to'psiz vaziyatda raqib jamoa futbolchisining boshiga boshi bilan zarba bergani uchun qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Guliston” futbol klubi futbolchisi Ozodbek Rajabovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.

Navoiy-Akademiya – Samarqand-Akademiya

Birinchi liga 2-turi doirasidagi “Navoiy-Akademiya” – “Samarqand-Akademiya” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 56-daqiqasida “Navoiy-Akademiya” futbol klubi futbolchisi Xo'jamurod Tursunov to'psiz vaziyatda yotgan raqib futbolchisining bel qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Navoiy-Akademiya” futbol klubi futbolchisi Xo'jamurod Tursunovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.

Birinchi liga 2-turi doirasidagi “Navoiy-Akademiya” – “Samarqand-Akademiya” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuv yakunlanganidan so'ng “Navoiy-Akademiya” futbol klubi futbolchisi Umidjon Ismoilov raqib jamoa futbolchisining yuz qismiga qo'lining kaft qismi bilan zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Navoiy-Akademiya” futbol klubi futbolchisi Umidjon Ismoilovga nisbatan 4 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.

U-21 chempionati

Dinamo U21 – Lokomotiv U21

U21 chempionatining 7-turi doirasidagi “Dinamo U21” – “Lokomotiv U21” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 8-daqiqasida “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Nikolaos Akopov to'p uchun kurashda raqib futbolchisining kurak qismiga oyog'ining tag qismi bilan zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Lokomotiv” futbol klubi futbolchisi Nikolaos Akopovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.

U21 chempionatining 7-turi doirasidagi “Dinamo U21” – “Lokomotiv U21” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 90-daqiqasida “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Fozilbek Zokirov to'psiz vaziyatda raqib futbolchisining boldir (oyog'iga) qismiga oyog'i bilan zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Dinamo” futbol klubi futbolchisi Fozilbek Zokirovga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.

Bunyodkor U21 – Andijon U21

U21 chempionatining 9-turi doirasidagi “Bunyodkor U21” – “Andijon U21” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 61-daqiqasida “Bunyodkor U21” futbol klubi futbolchisi Muhammadali Adxamov to'p uchun kurashda raqib futbolchisining oyog'ini himoyalanmagan qismiga oyog'ining tag qismi bilan zarba bergani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi Muhammadali Adxamovga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.

U21 chempionatining 9-turi doirasidagi “Bunyodkor U21” – “Andijon U21” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 41-daqiqasida “Andijon U21” jamoasi murabbiyi Kozimxon Valiev uchrashuv hakamining shaniga nomaqbul so'zlar ishlatib haqorat qilgani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Andijon U21” jamoasi murabbiyi Kozimxon Valievga nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish(diskvalifikaciya) hamda jarima intizomiy jazo choralari qo'llanilsin.

U19 chempionati

Surxon U19 – Qizilqum U19

U19 chempionati 1-turi doirasidagi “Surxon U19” – “Qizilqum U19” uchrashuvi hakamidan bildirgi kelib tushgan, unga ko'ra uchrashuvning 68-daqiqasida “Qizilqum U19” jamoasi futbolchisi Mexroj Qo'ldoshev hakamining shaniga nomaqbul so'zlar ishlatib haqorat qilgani uchun unga qizil kartochka ko'rsatilgani aniqlandi.

Qaror: O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom kodeksining 62-moddasiga asosan “Qizilqum” futbol klubi futbolchisi Mexroj Qo'ldoshevga nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish (diskvalifikaciya) intizomiy jazo chorasi qo'llanilsin.


Manba: UzPFL