Pero Auzilio: "Tovon pulini to'lagan klub Martinesni olib ketaversin"

Mirjalol Normatov
16 avg 2020
"Inter" direktori Pero Auzilio hujumchi Lautaro Martines haqida gapirdi.

"Lautaroni transfer qilishning bir oson yo'li bor: tovon puli to'lab uni olib ketavering. Buni barcha yaxshi biladi, yashiradigan hech nima qolmadi.

Lekin hozirda hech kim bilan transfer borasida gaplashmayapmiz. Lautaro o'zimizga ham kerak, uning klub bilan 3 yillik shartnomasi bor.

Klub ham muhim futbolchilarni sotib yuborgisi kelmayapti. Ularni saqlab qolishni rejalashtirganmiz.

"Barselona" bilan munosabatlarimiz juda yaxshi. Ular ham bizning maqsadlarimizni tushunishadi", - dedi Auzilio.

Qayd etish kerak, argentinalikning tovon puli 111 mln evroni tashkil qiladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sport Italia