Perishich "Tottenxem" bilan 2 yillik va 6 mln evro maoshlik shartnoma imzolaydi. "Inter" xavbeki Londonga tibbiy ko'rik uchun keldi

Alisher
30 may 2022
Ivan Perishich "Tottenxem"ga o'tishga yaqin.

"Inter" yarim himoyachisi Londonga uchib keldi. U bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Xorvat London klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolaydi. Uning maoshi bir mavsum uchun 6 million evroni tashkil etadi.

Pereshichning "Inter" bilan shartnomasi iyunda yakuniga etadi. U "Tottenxem"ga erkin agent maqomida o'tadi.

33 yoshli futbolchi o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 7ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Italia