

Ushbu uchrashuvdan so'ng "Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardioladan Husanov haqida so'rashdi. Pep esa ushbu vaziyatda 20 yoshli himoyachi manziliga iliq so'zlarni bildirdi.
"Menga yong yoqqan narsa - Husanov allaqachon kiyinish xonasining yoqimtoyiga aylangan. U bugungi o'yinga tish cho'tkasi va boshqa narsalar turadigan maxsus sumkasiz, shunchaki futbol o'ynash uchun keldi. Siz unga gapirgan paytingiz, u faqat kulib turadi.
Ammo u juda ishonchli o'yinchi, juda tez, o'ta epchil, to'p bilan bergan paslarining sifati juda yuqori. U liniyalarni yorib o'ta olyapti, ushbu qobiliyat unda bor. Albatta, u yaxshilashi kerak bo'lgan jihatlar bor, ammo u endigina 20 yosh. Juda katta tezlikka ega o'yinchilarni ko'rganman, Abduqodir shundaylardan biri.
Odamlar uni olqishlashmoqda. U kamgap, tinmay ishlaydi, nolimaydi, kamtar. "Siti" muxlislari uni juda yaxshi ko'rib qolishlariga shubham yo'q. "Chelsi"ga qarshi o'yindan keyin o'zini tiklab olish oson emasdi, ammo u o'sha kundan boshlab o'ta bosiqlik ko'rsatdi. Oxirgi o'yinlarda Husanovning ko'rsatgan o'yini juda juda ajoyib bo'ldi", -deydi Pep Gvardiola.



