Pau Torres: "Liverpul" - yaqqol favorit, ammo "Bavariya" va "Yuventus" bilan o'yinlardan oldin ham shunday deyishgandi"

Alisher
21 apr 2022
"Vilyarreal" himoyachisi Pau Torres "Liverpul"ga qarshi Chempionlar Ligasi yarim final ilk o'yinidan nimalar kutayotganini aytdi.

"Hozirda ular yaqqol favoritlar, ammo "Bavariya" va Yuventus" bilan o'yinlardan oldin ham shunday deyishgandi. Syurprizlar namoyish etish uchun shu erdamiz. Bizning yo'qotadigan narsamiz yo'q", - deydi Torres.

Himoyachining qayd etishicha, "Vilyarreal"ning musobaqaning oldingi bosqichlaridagi shov-shuvli g'alabalaridan so'ng mersisaydliklar ispan jamoasiga qarshi mas'uliyat bilan tayyorgarlik ko'rishadi.

Eslatib o'tamiz, to'qnashuvdagi ilk bahs 27 aprel kuni Angliyada bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: Liverpool Echo