

O'zbekistonning 16 yoshgacha bo'lgan qizlar terma jamoasi saralashning “D” guruhidan o'rin olgan. Ushbu guruh o'yinlari Vetnamda o'tkazilyapti. Kecha, 25 avgust kuni O'zbekiston Vetnamga qashi maydonga tushdi va 2:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
Uchrashuvning birinchi bo'limida Nyan Zi Van Su dublga erishib, Vetnamning tanaffusga 2:0 hisobidagi ustunlik bilan chiqib ketishini taminladi. Ikkinchi bo'limda Shaxnozabonu Yusupova bitta javob to'pi kiritdi.
O'zbekistonlik qizlarning navbatdagi raqibi Falastin jamoasi bo'ladi. Ushbu uchrashuv 27 avgust kuni Toshkent vaqti bilan 15:00da bo'lib o'tadi.



