O'zbekistonlik hujumchi Iroq chempionatida o'ynaydigan bo'ldi

Sherzod Nurmatov
11 avg 2025
26 yoshli forvard Sherzod Temirov faoliyatini Iroq chempionatida davom ettiradi.

U Iroq Yulduzlar Ligasi vakili "Erbil" bilan 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma tuzdi.

"Nasaf", "Mashal" va "Paxtakor" jamoalari sobiq hujumchisi bunga qadar "Persepolis" (Eron), "Paykon" (Eron) va "Kitchi" (Gonkong) jamoalarida harakat qilgan.

Transfermarkt portali futbolchini 400 ming evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia