O'zbekiston U-17 terma jamoasining keyingi bosqichdagi raqibi ma'lum bo'ldi

Aslanov Jasurbek
14 may 2026, 00:32
O'zbekiston o'smirlar (U-17) terma jamoasi Osiyo Kubogi guruh bosqichini birinchi o'rinda yakunladi.

Ular dastlab Hindiston, keyin Avstraliya terma jamoalarini taslim qilishdi. O'zbekistonlik o'smirlarning keyingi bosqichdagi raqibi Janubiy Koreya terma jamoasi bo'ladi.

Bahs 16 may kuni 21:00da start oladi. Eslatib o'tamiz, Janubiy Koreya o'z guruhida ikkinchi o'rinni olgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia