O'zbekiston Superkubogida asosiy vaqt durang bilan yakunlansa, qo'shimcha bo'limlar o'tkaziladimi?

Оқил Абдубарноев
8 mar 2026, 00:22
Uzoq tanaffusdan keyin Superliga chempionligini qo'lga kiritgan "Neftchi" hamda mamlakat kubogining amaldagi g'olibi "Paxtakor" o'rtasidagi O'zbekiston Superkubogi bahsi 15 mart kuni Andijonda bo'lib o'tadi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida durang qayd etilsa, qo'shimcha taymlar belgilanmaydi va jamoalar darhol penaltilar seriyasiga murojaat qilishadi. Bu haqda Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaev xabar berdi.

Ma'lumot o'rnida, Superkubokning amaldagi g'olibi Qarshining "Nasaf" klubi hisoblanadi. Qarshiliklar "Andijon" ustidan 1:0 hisobida zafar quchgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Penalty | Нарзулла Сайдуллаев