O'zbekiston qiziqish bildirgan murabbiyga endi Chexiya ham da'vogar

Sherzod Nurmatov
12 sen 2025, 16:08
So'nggi bor Saudiya Arabistonining "Al Shabab" jamoasida faoliyat yuritgan Fotih Terimga Chexiyadan taklif bor.

Ma'lumotlarga ko'ra, Chexiya futbol assotsiatsiyasi Ivan Gashek bilan xayrlashish istagida.

Assotsiatsiya bosh murabbiylikka 5 nafar nomzodni ko'rib chiqmoqda. Bular – chexiyalik murabbiylar Mixal Bilek, Lyubosh Kozel, Yindrjix Trpishovskiy, Miroslav Koubek va O'zbekiston tomoni og'iz solgan tajribali mutaxassis Fotih Terim.

Avvalroq 71 yoshli mutaxassisga O'FAdan taklif tushgani va u taklifni ko'rib chiqish uchun vaqt so'ragani ma'lum qilingan edi. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Haber Global