

Islom Ismoilov jamoasi 18, 20 sentyabr kunlari Parijda Fransiyaga qarshi, 24, 26 sentyabr kunlari esa Budapeshtda Vengriya o'smirlar terma jamoasiga qarshi bahslarda maydonga tushishi rejalashtirilgan.
18, 20 sentyabr
Fransiya - O'zbekiston
24, 26 sentyabr
Vengriya - O'zbekiston
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-16 terma jamoasi Osiyo kubogi saralashida guruhda Falastin, Xitoy Taypei va Iroq bilan kuch sinashadi. Bu guruh o'yinlari 19-27 oktyabr kunlari Xitoy Taypeida bo'lib o'tadi. 10ta guruh g'olibi va guruhlarda ikkinchi o'rinni egallagan 5ta jamoa 2025 yil 3-20 aprel kunlari Saudiya Arabistonida o'tadigan Osiyo kubogi final bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritishadi.



