O'zbekiston Kubogi. Finalni Aziz Asimov boshqarib boradi

Omonjon To`xtamirzayev
7 noya 2023
Yana bir necha kundan keyin kubok uchun hal qiluvchi bellashuv bo'lib o'tadi.

Mamlakat kubogi uchun kurashda Qarshining "Nasaf" va Olmaliqning "OKMK" jamoalari ro'baro keladi. 

Ushbu bahsni Aziz Asimov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradigan bo'ldi. Qanotlarda Olim Abduvasilov va Timur Gaynullin ishlaydi, zaxira hakami - Rahimbek Karimov.

Ilgiz Tantashev va Aleksandr Sidorov "VAR"ga javob berishadi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Kubogi finali 12 noyabr kuni Qarshidagi "Markaziy" stadionida bo'lib o'tadi.


O'zbekiston kubogi, final
"NASAF" - OKMK
12 noyabr, 2023 yil. Qarshi, "Markaziy" stadioni. 17:00
Bosh hakam
: Aziz Asimov.
Qanot hakamlari: Olim Abduvasilov, Timur Gaynullin.
Zaxira hakami: Rahimbek Karimov.
VAR: Ilgiz Tantashev.
AVAR: Aleksandr Sidorov.
Nazoratchi: Bobur Haydarov.
Komissar: Sherzod Rajabov.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Championat.asia