O'zbekiston kubogi. Finalga qadar bo'lgan juftliklar 17-sentyabr kuni aniqlanadi

Aslanov Jasurbek
16 sen 2026, 17:27
Bugun - 16-sentyabr kuni chorak finalga yo'llanma oladigan so'nggi ikki klub nomiga aniqlik kiritiladi.

17-sentyabr kuni esa O'zbekiston kubogining chorak va yarim final juftliklari aniqlanadi. Jarayon 11:00 dan e'tiboran Liga rasmiy sahifalari orqali efirga uzatiladi.

Suratda musobaqa setkasi ko'rsatib o'tilgan bo'lib, mos ketma-ketlikda va tartibi bo'yicha chorak final juftliklari aniqlab olinadi. Yarim finalda birinchi va uchinchi juftlik g'oliblari o'zaro hamda ikkinchi va to'rtinchi jutlik g'oliblari o'zaro kurash olib boradi.

Ma'lumot uchun, Liga rejasiga ko'ra chorak final uchrashuvlari 20-21 oktyabr kunlari bo'lib o'tadi. Yarim final va final uchrashuvlari esa markazlashtirilgan tartibda dekabr oyida o'tkaziladi.

dca7573e-0732-4283-819b-f4c0661932b9-dda645cf-a85b-4d72-9333-759183df93ef.jpg

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: pfl.uz