⚡️ O'zbekiston JCH starti oldidan Yevropa chempioni bilan o'ynaydi

Sherzod Nurmatov
7 may 2026, 14:20
O'zbekiston milliy terma jamoasi iyun oyida mundial mezboni Kanadaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishidan xabaringiz bor.

“Vakillarimiz FIFA Jahon chempionati oldidan so'nggi o'rtoqlik o'yinida Niderlandiyaga qarshi maydonga tushadi. O'yin Nyu-Yorkdagi "Icahn Stadium"da bo'lib o'tadi.

Niderlandiya - O'zbekiston

8 iyun. 23:45

Nyu-York. “Icahn Stadium”

2.jpg

Uchrashuv tomoshabinlar uchun yopiq bo'ladi. Stadion sig'imining cheklangani hamda o'sha vaqtda Nyu-Yorkda boshqa ko'plab tadbirlar o'tkazilishi sababli mahalliy hokimiyat bilan kelishilgan holda uchrashuvni yopiq eshiklar ortida o'tkazilishi belgilandi.

Eslatib o'tamiz, mart oyida bu haqda ma'lumot chiqarilgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати