

Uchrashuvlar 7, 9 aprel kunlari Qozog'istonning Taraz shahrida o'tkaziladi.
Ma'lumot uchun, Qozog'iston terma jamoasi UEFA reytingida 4-o'rinni, dunyo reytingida esa 6-o'rinni egallab turibdi.
Avvalroq O'zbekiston Qirg'iz Respublikasiga qarshi o'yinlar o'tkazib, 2:2 hisobida durang o'ynadi va 6:2 hisobida zafar quchdi. Xose Venansio Lopes shogirdlari 17 aprel kuni Taildandda start oladigan Osiyo chempionatiga hozirlik ko'rmoqda. Milliy terma jamoa "B" guruhida Saudiya Arabistoni, Iroq va Avstraliya bilan to'qnash keladi.



