O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi “Umid kubogi-2019”da bosh sovrinni qo'lga kiritdi

Narzulla Saydullayev
13 sen 2019, 08:44
Futbol bo'yicha O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Qirg'izistonning Qorako'l shahrida o'tkazilgan “Umid kubogi-2019” xalqaro musobaqasida finalga yo'l olganidan xabaringiz bor.

Hal qiluvchi uchrashuvga qadar o'z darvozasidan birorta ham gol o'tkazib yubormagan terma jamoamiz musobaqaning finalida Nepal bilan bahs olib bordi. Qiziqarli tarzda kechgan o'yinda futbolchi qizlarimiz 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi va yakunda musobaqaning bosh sovriniga ega chiqishdi. Terma jamoamiz safida Lyudmila Karachik 2 marta va Dildora Nozimova 1 marta raqib darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.


12.09.2019
15:00 Final
O'zbekiston - Nepal  3:2




Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz