Oston O'runov - Yevropa ligasi maqsadi, Samvel Babayan, "Lokomotiv"da paydo bo'lgan odati va boshqalar haqida

Mirjalol Normatov
6 iyun 2020, 00:22
"Ufa" tarkibida o'ynayotgan hamyurtimiz Oston O'runov klub rasmiy saytiga intervyu berdi. Unda futbolchi jamoa bilan oldiga katta maqsadlarni qo'yganini aytib o'tdi.

- Barchasi yaxshi. Shart-sharoitlar, hamma narsa meni qanoatlantiryapti. Jamoadoshlarim meni yaxshi qabul qilishdi. Bosh murabbiy ham juda yaxshi. Uning o'zi sobiq futbolchi bo'lgani uchun barchasini tushuntira oladi. Bu yerda men eng yaxshi futbolchiga aylanmoqchiman.

- 20 kun davomida yig'inlar bo'ldi. Shunday katta tanaffusdan keyin Siz jismoniy yuklamalarni qabul qilishda qiynalmadingizmi?
- Ha, qiyin bo'ldi, biroq chidadik. Chunki hozir qiyin bo'lsa, keyinchalik rasmiy o'yinlarda ko'p narsalarda engillik sezamiz.

- Nima sababdan karantin davrida O'zbekistonga ketmasdan, bu yerda qoldingiz?
- Uchib ketishga kechikdim. Keyinchalik yo'llar ham yopildi. Shundan keyin shu yerda qolishga qaror qildim.

- Uyda o'tirish qiyin bo'lmadimi? Umuman olganda, nimalar bilan band bo'ldingiz?
- Juda ham zerikarli bo'ldi. O'zim mashg'ulot qilaman, qo'shiq eshitaman, "PlayStation" o'ynayman.

- O'zbekistonni sog'inyapsizmi? Telefon orqali kimlar bilan ko'proq gaplashib turibsiz?
- Ota-onam bilan har kuni gaplashaman. O'zbekistonda ham asosan ulardan uzoqda yashardim va bunga ko'nikib qolganman. Etti yil bo'ldi bunga.

- Chempionatning qolgan qismida bizni nimalar bilan xursand qilmoqchisiz?
- O'yinning ko'plab jihatlariga ko'ra, o'zimni ko'rsatish niyatim bor. To'g'risini aytsam, "Ufa" tarkibida Yevropa ligasida o'ynamoqchiman. Xudo xohlasa, niyatimga erishaman.

- Endi kichik savollarga o'tamiz. Tezkor savol-javob!
- Boshladik!

- Yig'inlardagi xonadoshingiz.
- Yuriy Emelyanov.

- U bilan birga yashash qiyin emasmi?
- Yo'q, u yaxshi yigit va jamoadosh.

- Jamoadagi qaysi futbolchi bilan ko'proq muloqotda bo'lasiz?
- Barcha futbolchilar bilan deyarli bir xil. Ammo jamoaning legionerlari menga ko'p narsalarni o'rgatishmoqda.

- Koronavirusdan qo'rqasizmi?
- Yo'q. Bu umuman qo'rqinchli emas.

- Rossiya sovuqmi?
- Ha, sovuq.

- Hozir-chi?
- Chidasa bo'ladi.

- O'zbekistonda havo qanday?
- U yerda 40 daraja issiq.

- Shu 40 darajani normal holatda qabul qilasizmi?
- Yo'q, bu juda ham issiq.

- SSKAga qarshi o'yin vaqtida juda ham sovuq bo'lgandi.
- O'yinda muzlab qolganman desam ham bo'ladi.

- Isinish uchun nima qildingiz?
- Sovuqligidan hech nima qila olmadim.

- Eng sevimli o'zbek taomi.
- Palov.

- Ufada ushbu taomni eb ko'rdingizmi?
- Ha, lekin unchalik yoqmadi. Biroq bir do'stim bor, u osh qilishni qoyillatadi.

- Sirlaringiz bormi?
- Qanday?

- Masalan, osh qilishda.
- To'g'risi, osh qilishni bilmayman.

- O'zbek tilidagi eng chiroyli so'z qaysi?
- Bunday so'zlar ko'p. Ammo biz "ajoyib" so'zini ko'p ishlatamiz.

- Maydonda jamoadoshlaringiz sizga qarata "ajoyib" so'zini ishlatishadimi?
- Albatta. Agarda biz bir raqibni aldasak yoki chiroyli xatti-harakatlarni amalga oshirsak, shu paytda beixtiyor "ajoyib" so'zi tilimizdan chiqib ketadi. Bu odat "Lokomotiv"ga o'tganimda paydo bo'ldi desam adashmagan bo'laman.

- O'zingizning eng yaxshi futbol sifatingiz haqida nima deya olasiz?
- Atrofimdagilar menga driblingim yaxshi ekanligini aytishadi.

- "Krasnodar"ga qarshi o'yinda Zidan uslubidagi fintingizni ko'rdik. Buyog'iga bundan ortig'ini kutsak bo'ladimi?
- Hozirda fintlar borasida ham ishlayapman. Buning samarasini o'yinda ko'rsataman.

- Rus tilida unchalik yomon gapirmayapsiz. Rus tilini shu erga kelib o'rgandingizmi yoki O'zbekistonda gaplashib yurarmidingiz?
- Ha, maktabda rus tilini o'qiganman. Shuningdek, murabbiyim ham rus bo'lgan. Kanchelskis, Samvel Babayan bilan ham birga ishladim.

- Samvel Babayan qanday murabbiy?
- Yaxshi murabbiy, psixolog. Futboldagi hamma narsani yaxshi tushunadi. Barchaga birdek yordam beradi. "Lokomotiv"da ham menga katta dalda berib turgandi. Odamning ko'ziga qarab, bittada nimalar kerakligini bilib oladi.

- Hozir u qayerda ishlayapti?
- Xitoyda "Chanchun Yatay" boshqaruvini o'z qo'liga olgan.

- Ajoyib, bu uning murabbiyligidagi o'sish bo'lsa kerak.
- Ha, uning oldiga katta maqsadlar qo'yilgan. U jamoani yuqori ligaga olib chiqishi kerak.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: "Уфа" матбуот хизмати