Oston O'runov bir kishi kam bo'lib qolgan "Persepolis"ni qutqardi

Aslanov Jasurbek
6 may 2024
Eron chempionatining 26-turidan joy olgan "Nassaji Mazandaran" hamda "Persepolis" o'rtasidagi bahsi yakuniga etdi.

"Persepolis" sharafini himoya qilayotgan Oston O'runov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi 6 daqiqadayoq hisobni ochishga muvaffaq bo'ldi.

Ikkinchi bo'limning 50 daqiqasida mehmonlar vakili Rafei o'zining ikkinchi sariq kartochkasini olib, "Persepolis"ni og'ir holatga solib qo'ydi. Oradan 8 daqiqa o'tib "Nassaji Mazandaran" hisobni tenglashtirdi. Bu safar ham Oston O'runov katta sahnaga chiqdi va 68 daqiqada uchrashuvdagi ikkinchi golini urib, "Persepolis"ga g'alaba taqdim etdi.


GOL VIDEOLARI

ERON CHEMPIONATI JADVALI



Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia