Osiyo kubogi U-23. Eng qimmat futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoa

Khoja
16 apr 2024, 08:34
"Transfermarket" nashri asosida Qatarda bo'lib o'tadigan Osiyo kubogi U-23 musobaqasining eng qimmat futbolchilaridan tuzilgan ramziy jamoa tuzildi.

Ramziy terma jamoadan Yaponiya terma jamoasining besh nafar futbolchisi joy oldi. Shuningdek, O'zbekistondan 3 nafar, Koreya Respublikasidan 2 nafar va BAAdan bir nafar futbolchi joy oldi.

Ushbu ro'yxat Abduqodir Husanovning Osiyo kubogida ishtirok etishi orqali o'zgarishi mumkin bo'ladi.

Osiyo kubogi U-23 ishtirok etuvchi futbolchilardan tuzilgan eng qimmat ramziy tema jamoa bilan tanishing:

Darvozabon: Leo Kokubo (Yaponiya, 750 ming evro)

Himoyachilar: Riku Xanda (Yaponiya, 700 ming evro), Abdulla Abbas al Balushi (BAA, 800 ming evro), Ryuya Nisio (Yaponiya, 600 ming evro), IbrohimHalil Yo'ldoshev (O'zbekiston, 800 ming evro)

Yarim himoyachilar: Pe Djun Xo (Koreya Respublikasi, 1,5 million evro), Sota Kavasaki (Yaponiya, 1 million evro), Abbosbek Fayzullaev (O'zbekiston, 5 million evro)

Hujumchilar: Hojimat Erkinov (O'zbekiston, 800 ming evro), Mao Xosoya (Yaponiya, 1,6 million evro), Yan Xyon Djun (Koreya Respublikasi, 2 million evro)


KhojaMuallif
Manba: Transfermarkt