O'rtoqlik uchrashuvi. O'zbekiston U-23 ikkinchi o'yinda ham Xitoy U-23ni mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
19 iyun 2023
O'zbekiston U-23 terma jamoasi Xitoyda mezbonlarga qarshi ikkinchi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi.

Uchrashuvda hisobni mezbonlar ochishdi. O'zbekiston safida bunga Jasur Jaloliddinov va Alisher Odilov javob berishdi va irodali g'alabaga erishdi - 2:1.


O'rtoqlik uchrashuvi

19.06.2023, 15:30

Xitoy U-23 - O'zbekiston U-23 - 1:2 

Gollar: Jiya Feyfan 10 - Jasur Jaloliddinov 15, Alisher Odilov 43.

O'zbekiston U-23: 21.Hamidullo Abdunabiev, 2.Saidazamat Mirsaidov, 4.Odilbek Abdumajidov, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 8.Ibrohim Ibragimov, 9.Ulug'bek Hoshimov, 10.Jasur Jaloliddinov, 17.Mahmud Mahamadjonov, 20.Ruslan Jiyanov, 22.Alisher Odilov, 23.Abdurauf Bo'riev.

Zaxira: 1.Otabek Boymurodov, 12.Vladimir Nazarov, 7.Behruzbek Asqarov, 13.Eldorbek Begimov, 16.Asadbek Rahimjonov, 24.Saidafzalxon Axrorov, 25.Javohir O'tamurodov, 14.Umarali Rahmonaliev, 15.Farruh Muxtorov, 6.Muhammadaziz Ibrohimov, 11.Otabek Jo'raqo'ziev, 19.Husayn Norchaev, 18.Po'latxo'ja Xoldorxonov.


Eslatib o'tamiz, ushbu jamoalar o'rtasida 16 iyun kuni bo'lib o'tgan bellashuvda Kapadze shogirdlari 3:1 hisobida g'alaba qozonishgan edi.


Tarkiblar Xitoy OAVdan olindi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia