O'rtoqlik uchrashuvi. Fransiya Italiyani taslim etdi

Fransiya va Italiya terma jamoalari o'rtasida o'tkazilgan o'rtoqlik bellashuvida mezbonlarning qo'llari baland keldi.

Nicca shahridagi “Alyanc Rivera” stadionida o'tgan bellashuvda 3:1 hisobida faranglar g'olib chiqishdi.

Dide Desham jamoasi safida himoyachi Samuel Umtiti, yarim himoyachi Usmon Dembele va hujumchi Antuan Grizmann gol muallifiga aylanishdi. Italiyaliklarning yagona javob goli himoyachi Leonardo Bonuchchi hisobiga yozildi.

Fransiya terma jamoasi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvini 9 iyun kuni AQSH termasiga qarshi, Italiya terma jamoasi esa 4 iyun sanasida gollandiyaliklar bilan kuch sinashadi.


Manba: championat.asia