

Jamoalar o'rtasidagi dastlabki uchrashuv bugun, 8 aprel kuni Parijda bo'lib o'tadi.
"Mavsum davomida o'yinimiz va natijalarimiz barqaror bo'lmagani bor gap. Ammo bu klub qiyin paytlarda doimo qayta qad rostlay olishini ko'rsatgan. Joriy mavsumda murakkab vaziyatlar ko'p bo'ldi - biz bir necha bor yuqoriga ko'tarildik va yana pastga tushdik. Endi yana o'sha xarakterni ko'rsatib, muvaffaqiyatsizliklardan so'ng o'zimizni tiklashimiz kerak.
Bu klub qiyin sharoitlarda o'zgacha ishlarni amalga oshira olishini ko'p bor isbotlagan. Agar qarama-qarshilik taqdirini "Enfild"ga ko'chira olsak... Masalan, "Galatasaroy" bilan safarda yaxshi o'ynamagandik, lekin o'z uyimizda mavsumdagi eng yaxshi bahsimizni o'tkazdik.
Mening jamoam muhim o'yinlarda - "Manchester Siti"ga qarshi "Etixad"dagi ikkita bahsni hisobga olmaganda - Yevropaning eng kuchli klublari bilan raqobatlasha olishini ko'rsatib bo'ldi", - dedi Slot.
Eslatib o'tamiz, PSJ va "Liverpul" o'rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:00 da boshlanadi. Mersisaydliklar Parijdan ijobiy natija bilan qaytishga harakat qilishadi.



